Dastur haqida /

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) SmartGov konsalting kompaniyasi bilan birgalikda 2022-yil iyul oyida O‘zbekistonda tadbirkor ayollar uchun mentorlik dasturini ishga tushirdi. Loyihani ishga tushurishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – yetakchi ayollar va tadbirkorlarni o‘z biznesini yanada rivojlantirish, malakasini oshirish va shaxsiy o‘sishlarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, tajriba almashish va o‘zaro integratsiya.
Ushbu loyiha har bir mentor va mentiga o'zining noyob iste'dodini namoyon etish va o'z ekspert bilimlarini qo'llash imkoniyatini beradi. Shuningdek, kasbiy tajriba almashish, mavjud ko'nikmalarni takomillashtirish va yangi ko'nikmalar va biznes ko’nikmalarini rivojlantirish yordam beradi. Dasturning eng muhim qadriyati - nufuzli mentorlar tomonidan bilim va tajribani bo’lishish orqali mentilarning shaxsiy va kasbiy o'sishini tezlashtirishdir.

DASTUR YAKUNIDA MENTI BOSHCHILIGIDAGI KOMPANIYA FAOLIYATIDA MIQDORIY VA SIFAT JIHATIDAN O'ZGARISHLAR BO'LISHI KUTILMOQDA

увеличение оборота компании и числа сотрудников

BIZNESDA YANGI YO'NALISHLARI VA FILIALLAR OCHISH

увеличение маржинальности

DASTUR ISHTIROKCHILARI O'RTASIDA HAM TIJORIY VA KASBIY HAMKORLIKNI YO’LGA QO’YISH. MASALAN BIZNES KLUBLARI, ASSOSIATSIYALAR

YANGI TEXNOLOGIYALARNI JORIY QILISH

EKSPORTNI YO’LGA QO’YISH

MIJOZLAR VA DAROMADNING OSHISHI

Dastur 9 oyga mo'ljallangan.
U Oʻzbekiston tadbirkorlari va biznes rahbarlari (menti) uchun Oʻzbekiston biznes va korporativ sektorining muvaffaqiyatli vakillari (mentorlar) bilan uzoq muddatli oʻzaro hamkorlikni taklif etadi. O'zaro hamkorlik doirasida ishtirokchilar biznesni rivojlantirishning strategik masalalarini, uni tashkil etishning texnik jihatlarini muhokama qiladilar.


Bundan tashqari, tomonlarning xohishidan kelib chiqib dastur ishtirokchilari: shaxsiy rivojlanish va "Biznes – Shaxsiy hayot va Oilada muvozanatni saqlash” mavzusida ham muhokama qilishlari mumkin.

Mentoring dasturi davomida ishtirokchilarining ishbilarmonlik ko'nikmalarini mustahkamlash va biznes aloqalarini o'rnatish maqsadida turli xil tadbirlar o’tkaziladi.

MENTORLAR VA MENTLAR MATCHING NATIJALARIGA KO'RA, ISHTIROKCHILARNING BIZNES MAQSADLARI VA SHAXSIY XOHISHLARI INOBATGA OLINIB 50 JUFTLIK TUZILADI. MENTILAR MAXSUS TUZILGAN DASTURGA MUVOFIQ O'QITILADI. ULARNING BILIMLARI KPI ASOSIDA BAHOLANADI.

Shuningdek, ishtirokchilar uchun tanishtiruv uchrashuvlari, kirish treninglari, netvorking, vorkshoplar va boshqa tadbirlar tashkil etiladi.
/
mentoring.uzbekistan@gmail.com
Savol va murojaatlaringiz bo’lsa biz bilan (+998) 91-977-22-99 raqami yoki mentoring.uzbekistan@gmail.com elektron pochtamiz orqali bog’lanishingiz mumkin.
KONTAKTLAR
MENU