Muvaffaqiyat tarixi: ShirinSweets qandolatchilik studiyasi asoschisi Shirin Alimova sevimli biznesi, biznesdagi muvaffaqiyatsizliklar va dasturdagi ishtiroki haqida
ShirinSweets qandolatchilik studiyasi asoschisi va egasi, ko‘p yillik tajribaga ega pazandachilik bo‘yicha murabbiy 29 yoshli Shirin Alimova “Tadbirkor ayollar uchun mentoring” dasturida menti sifatida ishtirok etmoqda. U biz bilan hayot va biznesdagi pastu-balandliklari, dasturdagi muvaffaqiyatlar haqida o’rtoqlashdi.
Shirin haqida

Shirin Alimova Toshkent shahrida o‘qituvchi va professor oilasida tug‘ilgan. Moskva texnika institutini marketing mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Ta’limni masofaviy tarzda olgan.

Shirin 18 yoshida ishlashni boshlagan. Yoshligida u ovqat pishirishga mehr qo'ygan edi. Avvaliga bu shunchaki sevimli mashg'ulot edi, keyinchalik esa qat'iyatliligi va mehnatsevarligi tufayli asosiy ish faoliyatiga aylandi.

Shu bois u O‘zbekiston oshpazlar uyushmasida ish boshladi. U yerda Shirin Malayziya va Xitoy taomlari bo‘yicha mahorat darslarida qatnashdi. O'zini eng yaxshi tomondan ko'rsatdi va uyushma u bilan hamkorlik qilishga qaror qildi. Ikki yil shu tashkilotda ishladi, dars berdi, xalqaro pazandalik tanlovlarida qatnashdi va sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

Shirin Germaniyaning Manitowok shahrida pazandachilik texnologiyasi va asbob-uskunalaridan foydalanish bo‘yicha tahsil olgan.
“Assotsiatsiyada ishlash va Germaniyada o‘qish men uchun katta tajriba bo‘ldi, va bu o‘z biznesimni boshlashimga asos bo’lgan.

Yodimda bir paytlar Buxarestda pazandachilik an’analari kongressi bo‘lib o‘tgan edi, O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi bilan birgalikda u yerda milliy taomlarimizni namoyish etganimiz. Kongress ishtirokchilari mamlakatimiz va urf-odatlarimiz haqida ko'proq ma'lumotga ega bo'lganlar va hayratda qoldilar, - dedi Shirin.

Shirin Alimova qandolatchi, oshpaz, pazandachilik bo‘yicha murabbiy sifatida tajribaga ega.Turmush qurgan. O'g'li Muhammad-Amirni tarbiyalaydi.

Biznesdagi birinchi tajriba va yangi biznesning boshlanishi

Birinchi biznesim hamkor sifartida Organic Food PP mahsulotlarini ishlab chiqarish edi. Shunday qilib, biznesni oilaviy sabablarga ko'ra qoldirilishga majbur bo’ldim.
“Biznesga nafaqat butun pulimni, balki jonimni ham tikkan edim”. Biznesni boshlaganimizda biznes uchun lokatsiya yashab turgan uyimiz edi ammo ajralganimizdan so’ng biznesni turmush o’rtog’imga tashab ketishga majbur bo’ldim. O’sha vaqt men turmush qurgan odamimning haqiqiy yuzini ko'rdim.

Mushkul vaziyatlarga tushish orqali, hayot chig’iriqlarida toblanishimizni tushundim. Bu esa men oldinga harakatlanishim uchun ajoyib turtki bo'ldi.

O'shanda ota-onam juda qo'llab-quvvatlaganlar, lekin men hech kimga qaram bo'lmaslikka shunchalik ko'nikib qolgandimki, yana o'z biznesimni boshlashga qaror qildim. O'sha paytda dadam moliyaviy yordam ko'rsatgan va pech olib bergan. Bu men ishimni boshlagan pech. Buvimning hovlisida shirinliklarga buyurtma olib sotardim, bundan tashqari, uyushmalarda mahorat darslarini o'tkazishni davom ettirdim. Va bir yil ichida men taxminan 5000 dollar yig’ishga muvoffaq bo’ldim ”, deydi tadbirkor.
Shundan so‘ng Shirin biznesi uchun boshqa ish joyi qidira boshladi.Topdi. Keyin u yerda ta'mirlash ishlarini olib bordi va hayotini yangidan boshladi. Avvaliga ShirinSweets faqat seminarlar va treninglar uchun studiya edi.

Keyin studiyada savdo nuqtasi ochildi. Va yaqindan boshlab tsex ishlab chiqarish ko’lami kengaytirildi.

Shirin dastur haqida do'stlari orqali eshitdi va biznesida hal qilmoqchi bo'lgan muammolar borligi sababli dasturda ishtirok etib ko'rishga qaror qildi.

“Meni networking, ya'ni yangi odamlar bilan yaqindan tanishish, hamfikrlarni topish imkoniyati o'ziga jalb qildi. Bularning barchasi bizning o'sish va rivojlanishimizga yordam beradi. Shuningdek men tajriba orttirmoqchi edim.
Men ustida ishlashni istagan narsalar bor, lekin qanday qilishni bilmayman. Va bu yerda dasturda barcha ishtirokchilar juda zo'r va men ular bilan muloqot qilishdan va ulardan o'rganishdan juda mamnunman ", deydi qahramonimiz.

Shirin Mentorlik dasturi doirasida ishlamoqchi bo'lgan narsa xodimlarni malakali boshqarish, biznesni avtomatlashtirish, PR, biznesni kengaytirish va daromadni oshirish ko'nikmalari edi. Shaxsan rivojlanish borasida esa, hissiy charchoq va time menejmentni to’g’ri boshqarishni o’rganish edi.

Tadbirkorga ushbu to’siqlarni yengishga Dastur mentori Shaxzoda Isamuhamedova, OOO Home Garden, Galeria operatsion direktori yordam berib kelmoqda.

Men xodimlar bilan ishlash ko'nikmalarini oshirish va biznesni avtomatlashtirishni va jarayondagi ishtirokimni minimal darajaga tushirishni xohlayman. Shunday qilib, hamma narsa soat kabi ishlaydi, har bir xodim o'zi qaror qabul qilishi mumkin. Balki hali tajriba yetarli emasdir”, - deya o‘rtoqlashdi Shirin Alimova.

Qahramonimiz biznesdan tashqari ijtimoiy loyiha bilan ham shug'ullanadi. Shirin, shuningdek, ayollarni bepulta’lim beradigan coozin.uz ijtimoiy loyihasi elchisi, murabbiy va brend oshpaz hisoblanadi.

Shirin maqsadlarini qat’iy belgilab olgan, u o'z ishiga juda mas'uliyat bilan yondashadi, qilayotgan ishini sevishi aniq. Ishda, u qimmat bo'lishiga qaramay, faqat eng yuqori sifatli ingredientlardan foydalanadi. ShirinSweets studiyasida, Coozin ijtimoiy loyihasida mahorat darslarini o'tkazadi. B2B segmentida ishlaydi va doimo rivojlanishga intiladi.
“Hozircha non mahsulotlari savdosi daromad keltirmaydi. Biz asosiy daromadni master-klasslardan olamiz. Men bu vaziyatni o'zgartirmoqchiman. Lekin shunga qaramay, hech qanday kreditlarsiz biznesimni yurutayotganimdan faxrlanaman. Bu jamoamizning katta xizmati, deb o'ylayman”, - deydi Shirin.

Mentorlik dasturida ishlash jarayonida nima o'zgardi

Mentorlik dasturida ishtirok etayotgan tirishqoq va epchil tadbirkor qisqa vaqt ichida aniq natijalarga erishdi.
“Ayni damda qandolatxonamizni savdosini oshirish maqsadida veb-sayt, Telegram bot yaratish va onlayn formatda oshpazlik kurslarini ishlab chiqish ustida ishlamoqdamiz. Shuningdek, pishirish uchun souslar, murabbo va yarim tayyor mahsulotlar liniyasini ishga tushirish jarayonidamiz. Malakali mentor maslahatiga quloq tutib o’zimga o’rinbosar yo’lladim va unga o’z zimmandagi ayrimlarini vazifalar yukladim. U xodimlarni boshqaradi. Endi Shirinning boshqa masalalar bilan shug'ullanish uchun ko'proq vaqti mavjud. Shuningdek, ishlab chiqarish va mahsulot sotishni avtomatlashtirish uchun kadrlar tayyorlash ustida ish olib bormoqda”, - deydi Shirin.

Qahramonimizning so'zlariga ko'ra, dasturdagi muntazam treninglar uning rivojlanishiga yordam beradi. Ulardan u o'zi uchun juda ko'p foydali narsalarni o'rganadi.
Tadbirkorning keyingi maqsadlari - brend taniqliligini oshirish, shaxsiy brendni rivojlantirish va dastur ishtirokchilari bilan yaqindan hamkorlik qilish.

Ma'lumot uchun:
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) SmartGov konsalting kompaniyasi bilan birgalikda 2022-yil iyul oyida O‘zbekistonda tadbirkor ayollar uchun mentorlik dasturini ishga tushirdi. Loyihani ishga tushurishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – yetakchi ayollar va tadbirkorlarni o‘z biznesini yanada rivojlantirish, malakasini oshirish va shaxsiy o‘sishlarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, tajriba almashish va o‘zaro integratsiya.

Ushbu loyiha har bir mentor va mentiga o'zining noyob iste'dodini namoyon etish va o'z ekspert bilimlarini qo'llash imkoniyatini beradi. Shuningdek, kasbiy tajriba almashish, mavjud ko'nikmalarni takomillashtirish va yangi ko'nikmalar va biznes ko’nikmalarini rivojlantirish yordam beradi. Dasturning eng muhim qadriyati - nufuzli mentorlar tomonidan bilim va tajribani bo’lishish orqali mentilarning shaxsiy va kasbiy o'sishini tezlashtirishdir.
По всем вопросам свяжитесь с нами любым удобным способом:

E-mail: mentoring.uzbekistan@gmail.com
Телефон: : (+998) 91-977-22-99
Соцсети: Facebook | Instagram | Telegram
mentoring.uzbekistan@gmail.com
Savol va murojaatlaringiz bo’lsa biz bilan (+998) 91-977-22-99 raqami yoki mentoring.uzbekistan@gmail.com elektron pochtamiz orqali bog’lanishingiz mumkin.
KONTAKTLAR
MENU