YeTTB O‘zbekistonda tadbirkor ayollar uchun mentorlik dasturini ishga tushiradi
O'zbekistonda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining "Tadbirkor ayollar uchun Mentoring" dasturi ishga tushirildi. Dastur o’z biznesi mavjud ayollarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan. Dastur operator SmartGov Consulting konsalting byurosi hisoblanadi.
Dasturning ochilish marosimi 27-iyul kuni Hilton Tashkent City mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi. YTTBning Markaziy Osiyo boʻyicha boshqaruvchi direktori Jujanna Hargitay, YTTBning “Kichik biznes konsalting” dasturi rahbari Sherzod Akbarov, SmartGov ijrochi direktori Aziza Umarova ochilish marosimida soʻzga chiqishdi.
“YETTB uchun inklyuziv rivojlanish 2025 yilgacha bo‘lgan strategik dasturimizning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Shuningdek, boshqa ustuvor yo'nalishlar ya’ni yashil iqtisodiyot va detallashtirish ham mavjud. Tadbirkor ayollarga yordam berish orqali siz yashil iqtisodiyot va takomillashtirishni targ‘ib qilyapsiz.
Imkoniyatlarning tengligi barqaror va yaxshi ishlaydigan bozor iqtisodiyoti uchun juda muhimdir. Biz ayollarningmoliyalashtirish va bilim olishlaridagi to'sqinlik qiladigan asosiy to'siqlarni bartaraf etishga intilamiz. Dastur YeTTBning “Biznesda ayollar” global dasturi doirasida amalga oshirilmoqda. Dasturning asosiy maqsadi moliyalashtirish va bilim olish nuqtai nazaridan gender tengsizligini bartaraf etishdan iborat. “Biznesda ayollar” dasturi biznesdagi ayollar uchun mentoring, konsalting, treninglar, konferensiyalar, ayollar biznesiga xizmat ko‘rsatish sohasida banklarga texnik yordam ko‘rsatishni o‘z ichiga oladi”, — dedi Juzanna Xargitay.
Taklif etilgan mehmon orasida mamlakatimiz xotin-qizlar harakati asoschilaridan biri Dildora Alimbekova ham so‘zga chiqdi.
Shuningdek tadbir doirasida Qozog‘istonlik ekspert, Yevroosiyo biznes va tadbirkorlik maktabi rahbari Elnura Qosimova trening o‘tkazdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar uchun netvorking o’tkazilgan bo’lib , uning natijasida tadbirkor ayollar bir-birlarini yaqinroq bilish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Keyingi qadam biznes ko'nikmalarini oshirish va biznesda natijalarga erishish uchun mentorlar vamentilar juftligini tuzib chiqish.
OAV biz haqimizda
Ma'lumot uchun: Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) SmartGov konsalting kompaniyasi bilan birgalikda 2022-yil iyul oyida O‘zbekistonda tadbirkor ayollar uchun mentorlik dasturini ishga tushirdi. Loyihani ishga tushurishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – yetakchi ayollar va tadbirkorlarni o‘z biznesini yanada rivojlantirish, malakasini oshirish va shaxsiy o‘sishlarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, tajriba almashish va o‘zaro integratsiya.
Ushbu loyiha har bir mentor va mentiga o'zining noyob iste'dodini namoyon etish va o'z ekspert bilimlarini qo'llash imkoniyatini beradi. Shuningdek, kasbiy tajriba almashish, mavjud ko'nikmalarni takomillashtirish va yangi ko'nikmalar va biznes ko’nikmalarini rivojlantirish yordam beradi. Dasturning eng muhim qadriyati - nufuzli mentorlar tomonidan bilim va tajribani bo’lishish orqali mentilarning shaxsiy va kasbiy o'sishini tezlashtirishdir.
По всем вопросам свяжитесь с нами любым удобным способом:
Savol va murojaatlaringiz bo’lsa biz bilan (+998) 91-977-22-99 raqami yoki mentoring.uzbekistan@gmail.comelektron pochtamiz orqali bog’lanishingiz mumkin.