“Teng imkoniyatlar va inklyuzivlik orqali kelajakka tayyormiz” mavzusida online trening
26-oktabr kuni “Tadbirkor ayollar uchun mentorlik” dasturi doirasida Kamilla Sultonova tomonidan “Teng imkoniyatlar va inklyuzivlik orqali kelajakka tayyormiz” mavzusida ishtirokchilar uchun trening o‘tkazildi.

Trening davomida quyidagi mavzular muhokama qilindi:

- teng imkoniyatlar, inklyuzivlik tushunchalari;
- Finlyandiya DEIBni (xilma-xillik, tenglik, inklyuzivlik) tashkilotlarda qanday targ'ib qilishiga oid misollar;
- biznes-keys: mentoring iste'dodlarni jalb qilish va saqlab qolish vositasi sifatida;
- O'zbekistonda DEIBni qanday targ'ib qilish haqida ochiq suhbat;
- kompaniyangizga imkoniyatlar, adolat va inklyuzivlik.

Spiker haqida

Kamilla Sultonova TEDx ma'ruzachisi va xilma-xillik va inklyuziya bo'yicha ekspert. U Finlyandiyada xususiy, davlat va notijorat jamoalarni birlashtirgan holda ish joyida xilma-xillik va inklyuzivlik madaniyatini rivojlantirish uchun tarmoqlararo hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan ConnectUz konsalting kompaniyasini boshqaradi.

Mehmon ma'ruzachi

Dilmurod Yusupov Oʻzbekistonda inklyuziv rivojlanish tarafdori boʻlgan faol tadqiqotchi. Hozirda Rivojlanish tadqiqotlari instituti (IDS), Sasseks universiteti (Buyuk Britaniya) doktoranti va Sharoit Plus jamoat tashkiloti hammuassisi, Gazeta.uz sharhlovchisi.
Ma'lumot uchun:
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) SmartGov konsalting kompaniyasi bilan birgalikda 2022-yil iyul oyida O‘zbekistonda tadbirkor ayollar uchun mentorlik dasturini ishga tushirdi. Loyihani ishga tushurishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – yetakchi ayollar va tadbirkorlarni o‘z biznesini yanada rivojlantirish, malakasini oshirish va shaxsiy o‘sishlarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, tajriba almashish va o‘zaro integratsiya.

Ushbu loyiha har bir mentor va mentiga o'zining noyob iste'dodini namoyon etish va o'z ekspert bilimlarini qo'llash imkoniyatini beradi. Shuningdek, kasbiy tajriba almashish, mavjud ko'nikmalarni takomillashtirish va yangi ko'nikmalar va biznes ko’nikmalarini rivojlantirish yordam beradi. Dasturning eng muhim qadriyati - nufuzli mentorlar tomonidan bilim va tajribani bo’lishish orqali mentilarning shaxsiy va kasbiy o'sishini tezlashtirishdir.
По всем вопросам свяжитесь с нами любым удобным способом:

E-mail: mentoring.uzbekistan@gmail.com
Телефон: : (+998) 91-977-22-99
Соцсети: Facebook | Instagram | Telegram
mentoring.uzbekistan@gmail.com
Savol va murojaatlaringiz bo’lsa biz bilan (+998) 91-977-22-99 raqami yoki mentoring.uzbekistan@gmail.com elektron pochtamiz orqali bog’lanishingiz mumkin.
KONTAKTLAR
MENU