17 avgust kuni GroundZero Minorda Aziza Umarova tomonidan Dastur ishtirokchilari uchun trening bo‘lib o‘tdi. Mavzu - dizayn fikrlash. Trening ishtirokchilarga xizmatlar yoki mahsulotlarni ishlab chiqishda bugungi kunda eng ommabop bo‘lgan “Dizayn fikrlash” metodologiyasi haqida tushunchaga ega bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan edi.
Tadbirda: ijodkorlik va dizayn fikrlash nima, guruh ijodini rag'batlantirish usullari va boshqalar muhokama qilindi.
Ishtirokchilar quyidagilarni bilib olishga muvaffaq bo'lishdi:
- mijozlarni tushunish biznes uchun qanchalik muhim;
- g'oyalarni qanday yaratish va saralash;
- g'oyalaringizni qanday sinab ko'rish;
- prototip bilan qanday ishlash kerak.
Leksiyadan tashqari amaliy qism ham bo'lib, unda ishtirokchilar guruhlarda mahsulot yoki xizmatlarning prototiplarini ishlab chiqish, ularni taqdim etish va nuanslarni muhokama qilish imkoniyatiga ega bo'ldilar.
Aziza Umarova – SmartGov Consulting loyiha operatori ijrochi direktori, jamoat faoli.