Yelena Rimardan onlayn trening
Dasturimiz doirasida 31- avgust kuni kompaniya franchayzingini ishga tushirishga tayyorlash boʻyicha mutaxassis Yelena Rimar ishtirokchilar uchun franchayzing boʻyicha onlayn trening oʻtkazdi.

SPEKER HAQIDA
Yelena Rimar kompaniyalarni franchayzingini ishga tushirishga tayyorlash bo'yicha mutaxassis. Franchayzingni yaratishni bevosita boshqaradi, loyihalarga hamrohlik qiladi va kompaniyada franchayzingni rivojlantirishda kompaniya mutaxxasisslariga maslahatchi sifatida faoliyat yuridagi.

Uning yutuqlari qatorida 50 dan ortiq litsenziya shartnomalari va tijorat konsessiya shartnomalari imzolangani, 50 ta franchayzing tarmog‘i ob’ektlarining ochilishi va ularga xizmat ko‘rsatishi, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi kompaniyada franchayzing bo‘limini boshqarish tajribasi bor. Bundan tashqari, u "Franchayzing Group" birinchi franchayzing maktabining asoschisi.

TRENING HAQIDA

Trening davomida Yelena nafaqat o'z tajribasi bilan o'rtoqlashdi, balki biznesni rivojlantirishning hozirgi yo'llari haqida ham gapirdi. Har bir tinglovchi o'z biznesini rivojlantirish maqsadlarini amalda aniqlab oldi.

Ekspert "franchayzing" tushunchasiga batafsil to'xtalib, franchayzing nuqtai nazaridan biznesning rivojlanishga tayyorligini baholashga, shartnomalarni tahlil qilishga alohida e'tibor qaratdi, shuningdek, franchayzing yaratish bo'yicha tavsiyalar berdi.

Treningni quyidagi havola orqali You tube kanalimizda ko’rishingiz mumkin
Ma'lumot uchun:
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) SmartGov konsalting kompaniyasi bilan birgalikda 2022-yil iyul oyida O‘zbekistonda tadbirkor ayollar uchun mentorlik dasturini ishga tushirdi. Loyihani ishga tushurishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – yetakchi ayollar va tadbirkorlarni o‘z biznesini yanada rivojlantirish, malakasini oshirish va shaxsiy o‘sishlarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, tajriba almashish va o‘zaro integratsiya.

Ushbu loyiha har bir mentor va mentiga o'zining noyob iste'dodini namoyon etish va o'z ekspert bilimlarini qo'llash imkoniyatini beradi. Shuningdek, kasbiy tajriba almashish, mavjud ko'nikmalarni takomillashtirish va yangi ko'nikmalar va biznes ko’nikmalarini rivojlantirish yordam beradi. Dasturning eng muhim qadriyati - nufuzli mentorlar tomonidan bilim va tajribani bo’lishish orqali mentilarning shaxsiy va kasbiy o'sishini tezlashtirishdir.

По всем вопросам свяжитесь с нами любым удобным способом:

E-mail: mentoring.uzbekistan@gmail.com
Телефон: : (+998) 91-977-22-99
Соцсети: Facebook | Instagram | Telegram
mentoring.uzbekistan@gmail.com
Savol va murojaatlaringiz bo’lsa biz bilan (+998) 91-977-22-99 raqami yoki mentoring.uzbekistan@gmail.com elektron pochtamiz orqali bog’lanishingiz mumkin.
KONTAKTLAR
MENU