Goundzero
"Shaxsiy brendni rivojlantirish" mavzusidagi trening
Mentorlik dasturi doirasida 24-avgust kuni Sevil Sakayeva “Shaxsiy brendni rivojlantirish” mavzusida trening o‘tkazdi.

Iqtisodiyot jadal rivojlanayotgan bir paytda tobora yangi kompaniyalar ish boshlamoqda. Natijada raqobat kuchaymoqda. Bunday vaziyatda qanday qilib boshqa kompaniyalardan ajralib turish mumkin? Javob marketingda yotadi!

Marketing siyosati o'z samarasini berishi uchun mahsulotni reklama qilish, PR va u bilan bog'liq barcha jarayonni tajribali mutaxassislarga topshirgan afzal.

Latofatli mentoromiz Sevil Sakayeva loyihamiz mentilari uchun aynan shu mavzuda ma'ruza o'tib bermoqdalar.

Jarayon davomida Sevil quyidagilarni tinglovchilarga yetkazish maqsadida:
➖ Shaxsiy brend: uzoq muddatli strategiya sifatida;
➖ Qanday turdagi biznes egasiga shaxsiy brend kerak?
➖ Obro'-e'tibor xavfi yoki reklamaning salbiy tomoni;
➖ Inqirozli vaziyatlarda kompaniyadagi birinchi shaxsining roli;
➖ Mahalliy rahbarlarnin muvaffaqiyatli va unchalik muvaffaqiyatli bo'lmagan ish keyslari.

Sevil Sakayeva Maslov: Toshkent ixtisoslashtirilgan jamoatchilik bilan aloqalar agentligi hammuassisi, PR va korporativ kommunikatsiyalar sohasida 12 yildan ortiq tajribaga ega.

Ma'lumot uchun:
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) SmartGov konsalting kompaniyasi bilan birgalikda 2022-yil iyul oyida O‘zbekistonda tadbirkor ayollar uchun mentorlik dasturini ishga tushirdi. Loyihani ishga tushurishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – yetakchi ayollar va tadbirkorlarni o‘z biznesini yanada rivojlantirish, malakasini oshirish va shaxsiy o‘sishlarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, tajriba almashish va o‘zaro integratsiya.

Ushbu loyiha har bir mentor va mentiga o'zining noyob iste'dodini namoyon etish va o'z ekspert bilimlarini qo'llash imkoniyatini beradi. Shuningdek, kasbiy tajriba almashish, mavjud ko'nikmalarni takomillashtirish va yangi ko'nikmalar va biznes ko’nikmalarini rivojlantirish yordam beradi. Dasturning eng muhim qadriyati - nufuzli mentorlar tomonidan bilim va tajribani bo’lishish orqali mentilarning shaxsiy va kasbiy o'sishini tezlashtirishdir.
По всем вопросам свяжитесь с нами любым удобным способом:

E-mail: mentoring.uzbekistan@gmail.com
Телефон: : (+998) 91-977-22-99
Соцсети: Facebook | Instagram | Telegram
mentoring.uzbekistan@gmail.com
Savol va murojaatlaringiz bo’lsa biz bilan (+998) 91-977-22-99 raqami yoki mentoring.uzbekistan@gmail.com elektron pochtamiz orqali bog’lanishingiz mumkin.
KONTAKTLAR
MENU