Groundzero
"Airbnb’da muvaffaqiyatli biznes" treningi
7 sentyabr kuni Gulsara Do’stova tomonidan “Airbnb da muvaffaqiyatli biznes” mavzusida trening o‘tkazildi.

Gulsara - mulkni boshqarish va Airbnbda biznes qilish bo'yicha tajribaga ega yuqori malakali mutaxassis.

Trening davomida Airbnb’da biznesni rivojlantirish, Airbnb egasining missiyasi va qanday qilib milliy madaniyatimizni, milliy an’analarni, sozana va ikatni butun dunyo bo‘ylab muvaffaqiyatli targ‘ib etayotgani haqida gapirib berdi.

Gulsara Doʻstova - Nottingem Trent universiteti oʻqituvchisi boʻlib, anʼanaviy ruhda bezatilgan uylarni Airbnb'da rivojlantirish tajribasiga ega.

Ma'lumot uchun:
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) SmartGov konsalting kompaniyasi bilan birgalikda 2022-yil iyul oyida O‘zbekistonda tadbirkor ayollar uchun mentorlik dasturini ishga tushirdi. Loyihani ishga tushurishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – yetakchi ayollar va tadbirkorlarni o‘z biznesini yanada rivojlantirish, malakasini oshirish va shaxsiy o‘sishlarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, tajriba almashish va o‘zaro integratsiya.

Ushbu loyiha har bir mentor va mentiga o'zining noyob iste'dodini namoyon etish va o'z ekspert bilimlarini qo'llash imkoniyatini beradi. Shuningdek, kasbiy tajriba almashish, mavjud ko'nikmalarni takomillashtirish va yangi ko'nikmalar va biznes ko’nikmalarini rivojlantirish yordam beradi. Dasturning eng muhim qadriyati - nufuzli mentorlar tomonidan bilim va tajribani bo’lishish orqali mentilarning shaxsiy va kasbiy o'sishini tezlashtirishdir.
По всем вопросам свяжитесь с нами любым удобным способом:

E-mail: mentoring.uzbekistan@gmail.com
Телефон: : (+998) 91-977-22-99
Соцсети: Facebook | Instagram | Telegram
mentoring.uzbekistan@gmail.com
Savol va murojaatlaringiz bo’lsa biz bilan (+998) 91-977-22-99 raqami yoki mentoring.uzbekistan@gmail.com elektron pochtamiz orqali bog’lanishingiz mumkin.
KONTAKTLAR
MENU