Bizning mentilarimiz /
  • Valeriya Safargarieva
    2016 yildan beri Toshkentdagi Valery Atelier premium atelyesi va 2021 yildan beri Vilora Collection brendining asoschisi va egasi. Mijozlarning talablariga muvofiq kapsula to'plamlarini ishlab chiqish bilan shug'ullanadi. Qo’l mehnati asosida qilingan aksessuarlar, ipak sharflar va ko'zoynak zanjirlarini ishlab chiqarish lineykasi mavjud.
  • Shirin Shavkatova
    Mom and Baby do'koni asoschisi.
    Ushbu loyiha Instagram orqali onlayn ishga tushirilgandan 2 yil o’tib birinchi oflayn do'konni ochishga muvaffaq bo'lgan. Roxy kids bolalar brendining distribyutori.

    18 yoshidan boshlab yirik korporatsiyalarda ish va amaliyot tajribasiga ega. Hayotning barcha sohalarini faoliyat yurutish va balansni saqlash mumkinligiga ishonchi komil.


  • Kristina Matsarskaya
    2013 yildan buyon hujjatlarni arxivlash bilan shug‘ullanadi.
    Muvaffaqiyatli rivojlanayotgan ikkinchi faoliyat turi - bu event management va turizm.

  • Elena Pak
    Scholastic Academy Group MCHJ -Amerika dasturi bo'yicha o'qitiladigan bolalar bog'chalari va o'quv markazlari tarmog'i asoschisi.
  • Natalya Po'latova
    Ikki korxona rahbari. 21 yildan ortiq bozorda mavjud bo'lgan "Kristalnaya" tozalangan ichimlik suvi ishlab chiqarish kompaniyasining direktori va asoschisi. Bundan tashqari,“bozorda 5 yildan buyon mavjud bo’lgan, “Вкусная история” shakarsiz shirinliklar va bug'doy uni ishlatilmagan, pashtetlar, humus va tabiiy yarim tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish kompaniyasi egasi va asoschisi.
  • Barno Salimova
    HoReCa va interyer dizayneri . BISproject dizayn studiyasi rahbari. Dizayn sohasida 2018 yildan buyon faoliyat yurutadi. Iqtisod fanlari nomzodi, bu esa iqtisodiy imkoniyatlar va bozorni oqilona baholash imkonini beradi. Hayriya loyihalarida ko’ngilli sifatida ishtirok etadi.
  • Alloma Achilova
    "Tonus-klub" Xalqaro ayollar fitnes-klubining Toshkentdagi filiali boshqaruvchisi. Bank, UVES Sug'urta kompaniyasida tajriba oshirgan, 23 yillik shaxsiy biznes egasi. Iqtisodiy bilimlar bo'yicha magistr.
  • Tatyana Zaichko
    "Express Beauty" salonlari tarmog'ining hammuassisi. Tarmoq salonlari Toshkent shahrining eng qulay manzillaridan birida joylashgan bo‘lib, ularda tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatiladi.
    Tadbirkor hairpro.uz saytida soch uchun professional kosmetika mahsulotlarini onlayn sotish bilan ham shug'ullanadi.

    2015 yildan buyon go'zallik xizmatlari bozorida, savdo va marketing sohasida esa 15 yildan ortiq tajribaga ega.
  • Elnora Rizaeva
    Stone City by Ela Ri brendi asoschisi va kreativ direktori, Ela Ri, Buka Boxing brendlari asoschisi, Haj Tex klasteri kreativ direktori, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisining moda masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Toshkentdagi Fashion Incubator maslahatchisi.
    Dasturda Stone City by Ela Ri brendi bilan menti sifatida ishtirok etmoqda.
    Stone City - bu shaharda yashovchi ayollar uchun o'zbek estetikasi bilan bezatilgan minimalist liboslar taqdim etadigan brend.

  • Firuza Yoqubova
    Modelyer, Firuza Yoqubova brendi asoschisi. O’z faoliyatini 2015 yildan boshlagan. Bir qancha xalqaro uyushmalar aʼzosi,  Oʻzbekiston amaliy sanʼat ustalari milliy katalogiga kiritilgan mutaxassis. Maʼlumoti boʻyicha huquqshunos-iqtisodchi. Parallel ravishda u huquqshunoslik bilan ham shug'ullanadi.
  • Nodira Rahmatullaeva
    Home Interior ko'rgazma zalining direktori va menejeri.
    2017 yildan buyon u dizaynerlik qandillari, mebellari va dekorlarini shourumda tashkil qilishni boshlagan. 
    Nostandart mahsulotlarni topishni va interyer dizaynerlarini hayratda qoldirishni yaxshi ko'radi.
    Dunyo bo'ylab 100 dan ortiq ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qiladi va mijozlar o'zlari qidirayotgan buyumlarni topishganini ko’rishdan zavqlanadi.

  • Xosiyat Rahimova
    OrtoKids do'konining direktori. 2018 yildan buyon kompaniya ortopedik poyafzallar va boshqa ortopedik muammolarni davolash uchun aksessuarlar ishlab chiqaradi va sotadi.
    Kasbi bo’yicha farmatsevt, mahalliy va xorijiy farmatsevtika kompaniyalarida ish tajribasiga ega.

  • Renata Bagaeva
    2019 yildan tashkil qilingan bolalar uchun hissiy intellektni rivojlantirish maktabining asoschisi. Bu ongli ravishda ota-onalikka tayyor bo’lish, bolalarni to’g’ri qabul qilish va oilalarda ijobiy hissiy muhit yaratish bo'yicha ijtimoiy loyihadir.

    Xalqaro eaceip tomonidan sertifikatlangan EI rivojlanish o'qituvchisi. Kattalarni o'z his-tuyg'ularini xohlagan narsasiga erishish uchun manba sifatida ishlatishga o'rgatadi.

  • Yusupova Umida Toshpo'latovna
    1978 yil tug'ilgan. Oilali. Ikki farzandi va bir nevara bor.

    Tamomlagan:
    1. «Benkov» nomidagi san’at maktabi.
    2. O‘zDU tarjimonlik fakulteti.

    15 yildan ortiq vaqt davomida go'zallik sanoatida faoliyat yurutadi. Bundan tashqari "Beauty Zone" go'zallik salonlari tarmog'ining asoschisi, "Canella" qahvaxonasi / barining asoschisi, Toshkent shahar Yakkasaroy tumani “Tadbirkor ayollar uyushmasi” koordinatori.
     hamda “Profit Women” ishbilarmon ayollar klubi asoschisi

  • Kamila Alieva
    HALVA GROUP MChJ direktori va hammuassisi.

    Kasbi bo'yicha xalqaro aloqalar bo'yicha mutaxassis, universitetda dars berish bo’yicha tajribaga ega. Ilgari - ayollar uchun jurnalining rahbari, hozirda - kommunikatsion aloqa agentligida loyiha menejeri, restoran biznesi boshqaruvchisi. 
    2020 yildan buyon milliy va gruzin taomlari tayyorlaydigan restoranni yurutib kelmoqda.
    HALVA art kafesi turistik bog‘dagi restoran bo‘lib, u yerda tashrif buyurgan mehmonlarni nafaqat mazali taomlar bilan kutib olinishadi, balki turli mahorat darslari, seminar va treninglar ham qatnashishadi.

  • Gulnoza Toshmuhamedova
    Sert Management xalqaro auditori, Iso 9001 va ISO 22000 bo'yicha maslahatchi, SMT va xatarlarni boshqarish bo'yicha iqtisod fanlari doktori (PhD) (2022). GDP, GSP va IS0 9001 standartlarini joriy qilganyirik farmatsevtika kompaniyalari bilan ishlash tajribasiga ega. 
    Ashley HomeStore Furniture asoschilaridan biri.

  • Zarina Begisheva
    SYNERGETIC ekologik toza kosmetika va maishiy kimyo mahsulotlarining ishlab chiqaruvchi OOO “Tatarinvest” distribyutorlik kompaniyasining hammuassisi va direktor o'rinbosari. 
    Distribyutsiya sohasida 5 yildan ortiq tajribasiga ega.

  • Shirin Uvaydullaeva
    Qamar do’konlari CEOsi. Faoliyat sohasi - chakana savdo.

    Qamar kitoblar do’koni insonning shaxsiy va ma'naviy rivojlanishi uchun kitoblar, diniy buyumlar va boshqa foydali mahsulotlarni chakana va ulgurji sotish bilan shug'ullanadi.

    Qamar tabobat va shifo - inson salomatligi va go'zalligi uchun foydali qo'shimchalar va ozuqaviy moddalar sotish bilan shug’ullanadi. ATTOR by Qamar – parfyumeriya, moyli atrlarni sotiladigan do‘kon.

  • Kamila Zulqaynarova
    OOO” RailTech” yosh innovatsion texnologiya kompaniyasining ijodiy direktori. Kompaniya nostandart uskunalarni loyihalash, ishlab chiqarish, liniyalarini modernizatsiya qilish va avtomatlashtirish bilan shug'ullanadi, dasturiy ta'minotni ishlab chiqadi va IT- mahsulotlarni barchasini yetkazib beradi.
  • Nazira Amanova
    Mumtoz Tour sayyohlik kompaniyasi direktori va asoschisi.
    Yirik ommaviy axborot vositalarida 10 yildan ortiq ishlagandan so'ng, u o'z faoliyat sohasini o'zgartirishga qaror qilgan va 2017 yilda sayyohlik kompaniyasi ochgan. Nazira uchun sayohat - bu his-tuyg'ular, quvonch,rivojlanish.

  • Gulchehra Zokirova
    2021 yildan beri Glocal Distribution kompaniyasining HR direktori. Kompaniya sanitariya-gigiyena mahsulotlari (Huggies, Kotex, Kleenex), shuningdek, maishiy kimyo (Peros) ning eksklyuziv distribyutori hisoblanadi.
    U kasbi boʻyicha IT-loyihalar menejeri, IT-loyihalarni, elektron tijorat platformalarini ishlab chiqish va boshqarish boʻyicha 4 yildan ortiq tajribaga ega.

  • Kamilla Galiakbarova
    Df.Original ayollar sport kiyimlari franchayzing doʻkonining hammuassisi va direktori, “Halva” restorani hammuassisi.
  • Umida Usmonova
    Advokat, menejeri, nоshir. 22 yillik ish tajribasiga ega bo’lib, uning ortida yirik banklar, xoldinglar, telekommunikatsiya kompaniyalari va davlat idoralarida ishlash kiradi.

    U USMC consult biznes xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha konsalting kompaniyasini tashkil etgan bo’lib, yuridik, boshqaruv, kadrlar, korrupsiyaga qarshi muvofiqlik, shuningdek jurnallar va kitoblarni nashr etish sohasida tahririyat xizmatlari, ilm-fan va korrupsiyaga qarshi siyosatni qo'llab-quvvatlash va ommalashtirish bo'yicha loyihalarni amalga oshiradi.

  • Iroda O'rinova
    Toshkent shahar hokimligi huzuridagi "Business City" loyihalarida investorlar bilan ishlash bo'limi boshlig'i bo'lib, 2017-yildan “Toshkent City” loyihasidan investitsiyalarni jalb qilish yo‘nalishidagi investitsiya loyihalarida ish boshlagan. 10 dan ortiq muvaffaqiyatli investitsiya shartnomalarini tuzishga muvaffaq bo’lgani. 2020 yilda tashkil etilgan va tijorat ko'chmas mulk bo'yicha konsalting bilan shug'ullanadigan I&I Capital konsalting kompaniyasining hammuassisiga aylangan. Ushbu kompaniyani tashkil etishdan maqsad tijorat ko'chmas mulk bozorini rivojlantirishdir.

  • Xilola Alimova

    KPD Accounting Consulting MChJ hammuassisi va direktori. Turli xalqaro kompaniyalarda boshqaruvchilik lavozimlarida ishlash bo’yicha 5 yillik tajriba ega. Qurilish va muhandislik sohasidagi yetakchi moliyachilardan biri. Kichik va o'rta korxonalarni ro'yxatdan o'tkazish, shuningdek, kompaniyalar uchun buxgalteriya hisobini qo'llab-quvvatlash bo’yicha amaliy ishlarni olib borish tajribasiga ega.
  • Sevara Maksumova
    Professional life kouch. U xalqaro kompaniyalarda 16 yillik tajribaga va uch yillik tadbirkorlik tajribasiga ega. U Ozarbayjon, Gruziya va Armaniston bozorlarida o'zbek kompaniyasining manfaatlarini himoya qildi va ularni muvaffaqiyatli rivojlantirishga yordam berdi.
  • Ziyoda Xudaybergenova
    Arxitektor-dizayner. U 2017-yilda “Polygon” grafika va vizualizatsiya maktabiga asos solgan, keyinchalik u ichki dizayn studiyasiga aylantirilgan.
    Asosiy ixtisosligi: savdo maydonlarining arxitekturasi va dizayni. Muvvaffaqiyatli loyhalar qatoriga quyidagilar kiradi: C-space kovorking (M.Gorkiy, Labzak, Yunusobod manzillari), Ground Zero kovorking (Kitob Olami, Olmazor, Sergeli, Chilonzor manzillari), Impulse kovorking (M-faktor), Novza metrosidagi Kembrij universiteti stantsiyasi , Nonvoyxona (Felicita, Oqqo'rg'on manzillari) va boshqalar.

  • Dilnoza Karimova
    Dizayner, kulolchilik ustasi. To'qimachilik sanoatida 16 yildan ortiq tajribaga ega. “Hunarmand” uyushmasi a’zosi.

    Tikuvchilik tsexi egasi. Ular mahalliy brendlar va atelyelar uchun kollektsiyalarni loyihalashtiradi va ishlab chiqaradi.

    Dilnoza badiiy kulolchilik bilan shug‘ullanadi. U tarixni o‘rganadi va milliy sopol o‘yinchoqlarning tarixiy shakllarini tiklaydi. Dilnoza badiiy kulolchilik bilan shug‘ullanadi. U tarixni o‘rganadi va milliy sopol o‘yinchoqlarning tarixiy shakllarini tiklaydi.

  • Kamila Mannanova
    Interer dizayneri va Al Mone MChJ asoschisi, falsafa fanlari doktori (PhD) ( Politecnico di Torino). 11 yil davomida u xorijiy universitetda ingliz tilida chizmachilik va chizma geometriyadan dars bergan.

    2011 yildan boshlab u jamoat binolari va xususiy uylarning interyerini loyihalashtirmoqda. Xususan Avtomobil sanoati vazirligi, Politexnika muzeyi, La Piola restorani, Doktor D klinikasi va boshqa loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirgan. Nurafshonda Markaziy Osiyoda 246 gektarlik Smart City’ning bosh rejasi va asosiy konsepsiyasini yaratish bo‘yicha xalqaro loyihada ishtirok etgan.

  • Darya Chechenina
    "Пироговая"- asoschisi va rahbari.
    "Пироговая" - muallifning retsepti bo'yicha pishirilgan piroglar sotishga mo’ljallangan do’kon.
    2021 yildan boshlab yarim tayyor mahsulotlar yo'nalishini faol rivojlantirmoqda

  • Marhamat Umarova
    Fashion dizayner.
    YuNESKOning sifat sertifikati egasi. Dizayn sohasida 2006 yildanbuyon faoliyat yuritadi. Oʻzbekiston, Latviya, Germaniya, Estoniya, Qozogʻiston, Indoneziya, AQSH moda koʻrgazmalari, moda haftaligi ishtirokchisi.

    U o‘z ijodida o‘zbek to‘qimachiligi, kashtachilikning barcha turlari, an’anaviy uslublaridan foydalanadi, O‘zbekistonning barcha hududlaridan hunarmandlarni jalb qiladi. Vintage matolari va vintage kashtalaridan foydalangan holda barqaror moda tamoyillarini yaratadi. 
    “O‘zbek to‘qimachilik an’analari va innovatsiyalari”, “Abrband sulolasi” mavzusida targ‘ibotchi, ma’ruzachi va trener.

  • Sofiya Yusupova

    6 yillik tajribaga ega fashion dizayner. Adras Republic brendining asoschisi. Dasturlash sohasidan tark etib fashion dizaynerlik sohasiga faoliyat yurutishni boshlagan. 

    Olomi SMM marketing agentligini boshqaradi, shu bilan bir qatorida veb-saytlarni yaratadi va SEO ni o'rnatadi.

  • Gulsum Rasulova

    High Level Service MChJ direktori va asoschisi.
    Kompaniyaning asosiy faoliyati restoran biznesi va umumiy ovqatlanish xizmatlari sohasida ishlash: xalqaro miqyosda ziyofatlar, forumlar, konferentsiyalar va taqdimotlar o'tkazish.
    O'zbekiston bozorida kompaniya - 15 yildan buyon mavjud. Jamoa 10 dan 3000 kishigacha bo'lgan har qanday murakkablikdagi tadbirlarni osonlikcha tashkil qila oladi.

  • Komila Qirg'izbaeva
    Mr Gordons English Academy.
     o'quv markazining korporativ boshqaruv mutaxassisi, asoschisi, hammuassisi va marketing bo'yicha direktori. 
    Markazning o'ziga xos xususiyati ingliz tilini faqat asl ingliz tilida so'zlashuvchilar bilan o'rganishdir.

  • Olga Kim
    2008 yildan buyon “Attranergy Trading” MChJ – O‘zbekiston va Qirg‘izistondagi Core ayollar kiyimlari do‘konlari tarmog‘i bosh direktori.
  • Umida Allaberdieva
    "USMC Consult" bosh direktori. Kompaniyaning asosiy faoliyati konsalting va yuridik xizmatlar, loyihalarni boshqarishdir. Kompaniya asosiy faoliyatdan tashqari, O‘zbekistonda ilmiy-ommabop va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishda jamoat va davlat organlari bilan faol hamkorlik qiladi.
  • Qanoatxon Umurzokova

    Eco Mons Vita MChJ asoschisi va direktori. Kompaniya chiqindixonalarga utilizatsiya qilinadigan chiqindilarni kamaytirish maqsadida O‘zbekistonda “Chiqindilardan energiyaga” yo‘nalishi bo‘yicha aylanma iqtisodiyotni shakllantirishda faol ishtirok etmoqda.
    Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yashil iqlim jamg‘armasining Koreya Respublikasidagi shtab-kvartirasida, Italiya Respublikasidagi Yevropa oziq-ovqat xavfsizligi boshqarmasida (EFSA), hududlarda qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari xalqaro markazida (ICARDA) ishlagan. GEF/UNEP/O‘zgidromet loyihasi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konventsiyasining (UNFCCC) “Oqova suvlari” toifasidagi issiqxona gazlarini inventarizatsiya qilish bo‘yicha ekspert-texnik guruhiga kiritilgan.

  • Nargiza Xurramova
    Unifin Advisory hammuassisi. Moliyaviy menejment sohasida 6 yillik pedagogik tajribaga ega. Shuningdek, u Sales Doctor (savdoni avtomatlashtirish) IT kompaniyasining hammuassisi hisoblanadi.

    UniFin Advisory - buxgalteriya hisobi, menejment, moliyaviy konsalting, risklarni boshqarish bo'yicha ixtisoslashgan. Biznes va tashkiliy tuzilma muammolarni eng maqbul yechimini topish uchun maslahatchilar va mijozlar o'rtasidagi yaqin hamkorlik g'oyasiga asoslanadi.

  • Yelena Raxmatullina
    2010 yildan buyon Profuborka klining kompaniyasining hammuassisi, direktori.
    Kompaniya ofis binolarini har kuni tozalash, fasadlarni yuvish, binolarni qurish va ta'mirlashdan keyin tozalash, fabrikalar va sanoat ustaxonalarini tozalash bilan shug'ullanadi.
    Doimiy mijozlar ro'yxatiga Lukoyl, PepsiCo, TBC Bank, Aloqabank, Fido Business kabi kompaniyalar kiradi.

    Farida Islomova
    Muvaffaqiyatli tadbirkor. Xalqaro kompaniyada 15 yil top-menejer bo‘lib ishlagandan so‘ng. Tashqi savdo sohasida 20 yildan ortiq tajribaga ega. 2018-yildan “Markaz Trans Savdo” MChJda rivojlanish bo‘yicha direktor bo’ldi. Avto Biznes Markazi loyihasini noldan boshladi.

    2020 yildan boshlab u o'zining avatrade yo'nalishini - reklama va poligrafiya uchun uskunalar yetkazib berishni rivojlantirib kelmoqda.

  • Farida Islomova
    Muvaffaqiyatli tadbirkor. Xalqaro kompaniyada 15 yil top-menejer bo‘lib ishlagandan so‘ng. Tashqi savdo sohasida 20 yildan ortiq tajribaga ega. 2018-yildan “Markaz Trans Savdo” MChJda rivojlanish bo‘yicha direktor bo’ldi. Avto Biznes Markazi loyihasini noldan boshladi.

    2020 yildan boshlab u o'zining avatrade yo'nalishini - reklama va poligrafiya uchun uskunalar yetkazib berishni rivojlantirib kelmoqda.
  • Yekaterina Rasulova
    International Business Audit Consulting (IBAC) asoschisi va bosh direktori. Huquq, buxgalteriya hisobi va moliya sohasida 25 yildan ortiq tajriba ega.

    IBAC biznesni rivojlantirish uchun xizmatlarni taqdim etadi, jumladan: audit xizmatlari, buxgalteriya xizmatlari, soliq va yuridik maslahatlar va konsalting xizmatlari.

    Buxgalteriya hisobi, soliq, moliya va boshqa sohalarda mutaxassislar tayyorlash ham kompaniyaning yo'nalishlaridan biridir.

  • Lola Sayfi
    Human House Gallery galereyasi egasi.
    2000-yildan beri Lola “Human House Gallery” galereyasining ijodiy direktori. 2000-2006 yillar davomida u va uning jamoasi o'nlab ko'rgazma va festivallar, jumladan, xalqaro ko'rgazmalar tashkil etgan. Shuningdek, Lola ko'magida 30 dan ortiq ijodiy brendlar va hunarmandchilik ustaxonalari tashkil etilgan.
    2017-yildan boshlab u Toshkentga qaytib yangilangan “Human House Gallery” loyihasini yaratdi. Endi bu shunchaki do'kon emas, balki madaniyat va san'atni rivojlantirish va qo'llab-quvvatlashdan manfaatdor hamjamiyatni va  innovatsion madaniy platformasini yaratadi.

  • Sarvinoz Hakimova
    Global Management Consult, Smart Management va Project Solution Group asoschisi va rahbari.
    Kompaniya 2008 yilda tashkil etilgan bo'lib, Iso 9001, ISO 45001, ISO 14001, ISO 37001, ISO 50001, ISO/TS 16949 xalqaro standartlariga muvofiq korxonalarni boshqarish tizimlarini xalqaro sertifikatlashni ishlab chiqish, amalga oshirish va tayyorlash bo'yicha konsalting xizmatlarini ko'rsatish sohasidagi yetakchi kompaniyalardan biridir.

  • Shaxnoza Jo'raeva
    Bubook kitob do'koni egasi. Noshirlik xizmatlari, tarjima, tahrir va qo‘lyozmalarni chop etishga tayyorlash, ingliz va rus tillarida o‘quv, publitsistik va badiiy asarlarni chop etish kabi sohalarda 5 yillik tajribaga ega. Buxoro viloyati tadbirkor ayollar uyushmasi a’zosi.
  • Shirin Alimova

    Qandolatchilikni o'rgatadigan ShirinSweets pastry studio asoschisi va egasi.

    Shuningdek, u coozin.uz ijtimoiy loyihasida elchisi Coozin jamoasi bilan platforma orqali taom pishirish va sotishni o'rganishga yordam beradi.Darslar mutloqa bepul. 2021-yilda 500 dan ortiq ayollar o‘qitildi bu dastur orqali o’qitildi. Bu yil esa yanada ko‘proq ayollarni dasturga jalb qilish rejalashtirilgan. 
    2022-yilda Olmaliq shahrida o’zining ikkinchi korxonasini – shirinliklar va qandolat mahsulotlari sotiladigan qahvaxona ochdi.

  • Kamola Azimova
    Marketolog, moliyachi, Atlas Home loyihasi asoschisi, o'qituvchi. 8 yildan ortiq vaqt davomida u Koreya taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi filialida mijozlar bilan aloqalarni rivojlantirish, strategik boshqaruv va rejalashtirish bilan shug‘ullanadi.

    Hozirda marketingdan dars beradi va Britaniya menejment universitetida marketing bo'limiga rahbarlik qiladi.

    6 yildan ortiq vaqt davomida u o'zining @atlashome_uz va @atlasfashion_uz loyihalarini rivojlantirib kelmoqda.

  • Shaxnozaxon Saidova
    Pearl Store do'konlar tarmog'ining asoschisi va HR menejeri.
    “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasida ma’muriy lavozimlarda 10 yildan ortiq ishlash tajribaga ega. Birinchi tadbirkorlik tajribasi - uy to'qimachilik brendingizni yaratishdan boshlagan. 
    Pearl Store – O‘zbekistonning marvarid brendi. Marvaridlarga bo'lgan muhabbat va iloji boricha ko'proq odamlarni umumiy ishtiyoq bilan bog'lash istagi Pearl do'konini yaratishga olib keldi. Tabiiy marvaridlar brendning barcha zargarlik buyumlarining asosini tashkil qiladi.

  • Ra'no Xudoyorova
    Marketolog, konsultant, digital marketing bo'yicha mutaxassis (SMM,targeting, onlayn savdo hunisini qurish), prodyuser, PR menejerlik sohasida 5 yillik tajribaga ega, Salem Social Media, USAID, Scodev school va mahalliy: Golden House, Anorbank, OTG, The Tower, DMC kabi xalqaro loyihalarda ishlagan.

    Experience art group marketing agentligining boshqaruvchisi. Agentlik tadqiqotlar olib boradi, biznes jarayonlarini optimallashtiradi, ma'lumotlarga asoslangan tahlillar asosida ishlaydi, jamoani va boshqa biznes jarayonlarini yig'ish va o'qitishga yordam beradi. 
    Ko‘zi ojiz bolalar uchun ingliz tili bo‘yicha kitob hammuallifi.

  • Liliya Fayzieva
    Pika Media reklama agentligi direktori. 2004 yildan buyon reklama biznesida bundаn oldin uzoq vaqt JCDEcaux xalqaro kompaniyasida ishlagan. Tashqi reklama sohasida 65 dan ortiq mamlakatlarda tanilgan kompaniya. 2013 yilda u ambient-reklamaga ixtisoslashgan reklama agentligini mustaqil ravishda tashkil etishga qaror qildi. 2021 yilda kompaniya o'zgarishlarga duch keldi va o'z yo’nalishlarini qayta ko’rib chiqdi:
    • outdoor&indoor - tashqi reklamani ishlab chiqarish va joylashtirish. Restoranlar va supermarketlar tarmoqlarida reklama joylashtirish;
    • SMM&digital;
    • event menejment ;
    • promo - biznes suvenirlarini tayyorlash.
    Har bir mijoz uchun eksklyuziv kundaliklar ishlab chiqarish bo'yicha Rossiyaning "Adjutant" kompaniyasining vakili.O‘zbekiston ishbilarmon ayollar uyushmasi a’zosi.

mentoring.uzbekistan@gmail.com
Savol va murojaatlaringiz bo’lsa biz bilan (+998) 91-977-22-99 raqami yoki mentoring.uzbekistan@gmail.com elektron pochtamiz orqali bog’lanishingiz mumkin.
KONTAKTLAR
MENU